Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya kansleri Putin bilan Ukraina bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga keldi
Yopiq shaklda o‘tkaziladigan muzokarada Ukraina mavzusi muhokama qilinadi.
Avstriya kansleri Karl Nehammer Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga keldi.
Xabar qilinishicha, muzokara yopiq shaklda o‘tkaziladi, unda Ukraina muhokama qilinadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv yopiq shaklda o‘tkazilishini Avstriya tomoni taklif qilganini aytdi.
«Suhbat Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha bo‘ladi»,— dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «gaz masalasi» ham muhokama qilinishi mumkin.
Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksander Shallenberg ikki davlat rahbarlari uchrashuviga jurnalistlar qo‘yilmasligini tasdiqladi.
«Yuzma-yuz suhbat bo‘ladi, hech qanday OAV bo‘lmaydi va suhbatdan so‘ng matbuot bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazilmaydi»,— dedi u.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026