Manchester Siti — Liverpul 2:2
10 aprel, «Etihad»
Gollar: de Bryuyne (5), Jyezus (36) — Jota (13), Mane (46).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Laport, Kanselu, de Bryuyne, Silva, Rodri, Foden, Sterling (Mahrez, 75), Jyezus (Grilish, 83).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Roberson, Henderson (Keyta, 78), Tiago Alkantara, Fabino, Saloh, Mane (Firmino, 85), Jota (Dias, 70).
Ogohlantirishlar: Roberson (28), Bernardu Silva (40), Alkantara (61), Fabino (83), van Deyk (89).

Yangi klasiko
Ushbu o‘yin atrofidagi informatsiya foni alohida e’tiborga molik. Barcha ijtimoiy tarmoqlarda bu o‘yinni muhokama qilishdi: «eng yaxshi», «a’lo», «tarixdagi eng kuchlisi». Murabbiylarni ham, futbolchilarni ham, jamoalarni ham yaxshi so‘zlar bilan alqashdi. «Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jyeymi Karrager qizillarning «Manchester Siti» bilan qarama-qarshiligini «Angliya futboli tarixidagi eng buyugi» deb atadi. 

«Liverpul» va «Siti» o‘rtasidagi jangni tarixiy o‘yinlar bilan tenglashtirish qiyin — masalan, «MYu» va «Arsenal» o‘rtasidagi asr boshidagi qarama-qarshilik darajasi bundan yuqoriroq edi. Bu qarama-qarshilikni bugungi kundagi muqobillar bilan solishtirish to‘g‘riroq bo‘ladi. So‘nggi mavsumlarda «Barselona» va «Real»ni jahon yulduzlari tark etishgach, klasiko ham avvalgidek emas, shu tufayli hozirda sayyoraning asosiy o‘yini tituli bo‘sh turibdi. Aytish mumkinki, aynan «Siti» va «Liverpul» o‘rtasidagi o‘yinni endi klasikoning muqobili deb atash mumkin — raqiblarning saviyasi va chempionatdagi intriga bo‘yicha ham.

Bu o‘yin — bu gaplarning navbatdagi isboti bo‘ldi.

Gvardiolaning pressingi
O‘yin arafasida «Liverpul» turnir jadvalida «Siti»dan atigi 1 ochko ortda edi, holbuki qishda buni tasavvur qilib bo‘lmasdi. Ammo 2 yanvardan buyon mersisaydliklar APLdagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishdi va chempionlik poygasini tiriltirishdi. Bundan tashqari, «Liverpul» hamon bu mavsumda poker qayd etish imkoniyatini saqlab qolmoqda — Liga kubogi olib bo‘lingan, yana uch titul qo‘lga kiritish mumkin.

Ammo, albatta, APLda g‘olib bo‘lish eng qiyini. Hatto oradagi farq qisqargan bo‘lsa ham.

Pep Gvardiola boshlang‘ich tarkib bilan barchani ajablantirdi: yanvardan buyon ilk bor Gabriel Jyezus ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi, jamoaning joriy mavsumdagi eng ko‘p gol urgan futbolchisi Mahrez — zaxirada qoldi. Ehtimol, murabbiy bu orqali yuqori pressingga urg‘u qaratmoqchi bo‘lgan. Agar shunday bo‘lsa, uning bu rejasi o‘xshadi.