«Real» 1/4 finalda «Arsenal»ga yutqazib (0:3 va 1:2), 2020 yildan buyon ilk bor YÇL yarimfinalida öynamaydigan böldi. Londonliklar ikki öyinda ham madridliklardan yaxşiroq öynadi va haqli ravişda sovrin uçun kuraşni davom ettiradigan böldi, «Santyago Bernabeu»da esa bu qarama-qarşilikdan keyin jiddiy özgarişlar boşlanişi mumkin. Jamoa boş murabbiyi Karlo Ançelottining iste’fosi yaqin.
Karlo aprel oyidayoq işdan olinişi mumkin
Murabbiy işdan ketişi haqidagi gaplar «Real»ning «Arsenal»dan uçralgan birinçi mağlubiyatidan keyinoq urçigandi. Insayder Fabritsio Romano agar jamoa YeÇLdan çiqib ketadigan bölsa, Ançelottining iste’fosi ehtimoli jiddiy ortişini xabar qilgandi. Bir hafta ötib qaymoqranglilar çindan ham turnirni tark etişdi, Sky Spors naşridagi yangi insayd esa Romanoning xabarini tasdiqladi. Manba ma’lumotiga köra, italiyalik mutaxassis 26 aprel kuni Ispaniya kubogi finalidan keyinoq böşatiladi — bu öyinda madridliklar sovrin uçun «Barselona» bilan töqnaşadi.
Sky Spors naşri yozişiça, jamoada hali ham oltin dubl qayd etiş imkoniyati saqlanib qolayotganiga qaramay, Ançelottini mavsumning qolgan qismida qoldirişni rejalaştirişmagan. Ispaniya çempionatida finişga qadar yetti tur qolganida «Real» «Barselona»dan tört oçko kam töplagan holda ikkinçi örinda bormoqda. Karloning özi ham «Arsenal» bilan javob öyinidan keyin iste’fo haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berib, bu istalgan vaqtda röy berişi mumkinligini aytdi.
«Ehtimol, rahbariyat meni almaştirişga qaror qilar va bu joriy mavsumda yoki keyingi mavsumda, şartnomam tugaganida sodir bölişi mumkin. Bu yerda işni tugatganimda klubdan minnatdor bölaman. Bu ertaga, 10 kundan keyin, bir oy yoki bir yildan keyin sodir bölişi mumkin», — dedi Karlo öyindan keyin.
Florentino Peres kiyim almaştiriş xonasidagi muammolardan xabardor

Ançelottining «Real»dagi kelajagi mavhumlaşişi nafaqat mavsumdagi natijalar, balki futbolçilarning unga munosabati bilan ham boğliq. Ispaniyadagi Relevo naşri ma’lumotiga köra, jamoa yetakçilarining ayrimlari Karloga ortiq işonmayapti va u klubdagi vaziyatni önglaşi mumkin deb hisoblamayapti.
Manba ma’lumotiga köra, «Real» prezidenti Florentino Peres ham futbolçilarning murabbiydan noroziligini biladi. U hatto Çempionlar ligasi tark etilganidan keyin ulardan ayrimlarining Ançelotti «Arsenal» bilan javob bahsiga tanlagan rejaga e’tirozlarini tinglagan.









