O‘zbekiston | 09:00 / 11.04.2022
7579
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2021 yilda milliy eksportning 33 foiziga sug‘urta himoyasini taqdim etdi

2021 yilda “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi milliy mahsulot, ish va xizmatlarni eksport qiluvchi tadbirkorlarning sug‘urta himoyasi hajmini oshirdi va bu bilan o‘zining ishonchli sug‘urtachi hamda hamkor nufuzini tasdiqladi.

Foto: O‘zbekinvest

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 24 maydagi qarorlarida belgilab berilgan vazifalarni bajarib, 2021 yilda milliy eksportchilarga 1,78 milliard AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasini taqdim etdi, bu esa respublikaning noxomashyo eksporti qoplanishining 33 foizini tashkil etdi.

Eksport qiluvchilarning mulki, javobgarligi va tadbirkorlik faoliyatini kompleks sug‘urta qilish doirasida 2021 yilda 28 milliard so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ildi.

Kompaniya jahonning yetakchi davlatlari eksport-kredit agentliklari bilan jami 40 dan ortiq shartnoma va hamkorlik Memorandumlarini tuzgan. Xususan, EKSAR (Rossiya), NEXI (Yaponiya), SINOSURE (XXR), KSure (Koreya), UK Export Finance (Buyuk Britaniya), COFACE (Fransiya), SACE (Italiya), (ICIEC) va Export Credit Etihad Credit Insurance (BAA) va boshqalar bilan.

Sug‘urta hodisalari yuz berganligi munosabati bilan kompaniya tomonidan berilgan polislar bo‘yicha 2021 yil davomida eksportchilarga 25 milliard so‘m sug‘urta qoplamalari to‘landi.

Joriy yilda ham “O‘zbekinvest” kompaniyasi respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, tovar, ish va xizmatlarning milliy eksportchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid