O‘zbekiston | 21:18 / 12.04.2022
24736
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilish vaziri o‘rinbosarlaridan biri ishdan ketdi. Uning o‘rnini Toshkent shahri hokimligi mutaxassisi egalladi

Prezident farmoni bilan Shukrullobek Akmaljon o‘g‘li Jahongirov qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Shuhratxo‘ja Hoshimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun Shukrullobek Jahongirov bungacha loyiha va qurilish kompaniyalarida faoliyat yuritgan. Xususan, «Mimar group» mas’uliyati cheklangan jamiyati dizayneri va loyiha muvofiqlashtiruvchisi, Toshkent shahri hokimligi mutaxassisi bo‘lgan.

2021 yilning avgustida prezident uni «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlagandi.

Mavzuga oid