Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni yarim milliarddan oshdi
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 6 mln 185 ming 731 kishi vafot etgan.
13 aprel kuni dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni yarim milliarddan oshdi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, qayd etilgan holatlar soni 500 mln 945 ming 819taga yetgan.
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 6 mln 185 ming 731 kishi vafot etgan.
AQSh, Hindiston, Braziliya, Buyuk Britaniya va Germaniya kasallik yuqtirish holatlari soni 20 milliondan oshgan mamlakatlar sirasiga kiradi.
AQShda pandemiya boshlanganidan buyon 80 mln 478 mingdan ortiq kishi kasallik yuqtirgan, ularning 986 ming 408 nafari vafot etgan.
Hindistonda kasallanishlar va o‘limlar soni mos ravishda 43 mln va 521,7 ming, Braziliyada 30,1 mln va 661,7 ming, Fransiyada 27,3 mln va 144,6 ming, Buyuk Britaniyada 21,8 mln va 171 ming hamda Germaniyada 23 mln va 132,3 mingtani tashkil etgan.
Rossiya kasallik yuqtirishlar soni bo‘yicha 7-o‘rinda. Mamlakatda 17,7 milliondan ortiq inson kasallikka chalingan, ularning 364 ming 779 nafari vafot etgan.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022