Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Afrikada suv toshqinlari oqibatida 253 kishi halok bo‘ldi
Hafta boshidan buyon mamlakatning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Durban va uning atrofidagi hududlarda kuchli jala yog‘moqda.
Janubiy Afrika Respublikasining Kvazulu-Natal provinsiyasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 253 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat sog‘liqni saqlash ijroiya kengashi a’zosi Nomagugu Simelane ma’lum qildi.
Hafta boshidan buyon mamlakatning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Durban va uning atrofidagi hududlarda kuchli jala yog‘moqda.
Yog‘in miqdori bir kvadrat metrga 300 millimetrni tashkil etdi. Tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqinlari sodir bo‘ldi.
Tabiiy ofat yuzlab binolarni vayron qildi, Durban porti faoliyati to‘xtatildi.
Mavzuga oid
10:54 / 26.06.2026
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
21:00 / 07.05.2026
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
09:15 / 04.05.2026