Iqtisodiyot | 18:08 / 14.04.2022
16744
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,97 so‘mga pastlab, 11 320 so‘mni tashkil qildi. Yevro 72,13 so‘mga ko‘tarilib, 12 354,65 so‘m bo‘ldi. Rubl 4,61 so‘mga pastlab, 137,27 so‘m bo‘ldi.

Bundan avval dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 11 335,97 so‘mni tashkil qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid