Jahon | 19:43 / 15.04.2022
14750
1 daqiqa o‘qiladi

Putin 2021 yilda qancha daromad topgani ma’lum qilindi

Vladimir Putin 2020 yilda 9,994 million, 2019 yilda 9,726 million rubl daromad topgan. 

Foto: Reuters

Putinning deklaratsiyasida ikkitadan xonadon va garaj, GAZ M21 va "Niva" avtomobillari hamda "Skif" tirkamasi ko‘rsatilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021 yilda 10,2 million rubl ishlab topgan. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi. 

Putin to‘ldirgan deklaratsiyada maydoni 77 kvadrat metr bo‘lgan xonadon va garaj, foydalanishda bo‘lgan 153,7 kvadrat metrli yana bir xonadon ko‘rsatilgan. 

Shuningdek, Rossiya prezidenti GAZ M21 va "Niva" avtomobillari hamda "Skif" tirkamasiga ega.

Vladimir Putin 2020 yilda 9,994 million, 2019 yilda 9,726 million rubl daromad topgan.

2017 yilda uning daromadi 18,7 million rublni tashkil etgan. Putin o‘sha yili maydoni 1,5 ming kvadrat metr bo‘lgan yer uchastkasini sotgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid