Iqtisodiyot | 15:41 / 16.04.2022
21293
1 daqiqa o‘qiladi

Aprelda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari kamaydi, oltinning fizik hajmi o‘zgarmadi

Rasmiy zaxira aktivlari va chet el valutasidagi boshqa aktivlar jami qoldig‘i 35,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Oltinning sof hajmi o‘zgarishsiz qoldi.

Foto: Akio Kon / Bloomberg

Markaziy bank O‘zbekistonning aprel oyidagi xalqaro zaxiralari haqida ma’lumot berdi.

Rasmiy zaxiralar martga nisbatan 205 mln dollarga kamayganiga qaramay, yil boshiga nisbatan 16,3 mln dollarga ko‘paydi. Shu bilan aktivlar jami qoldig‘i 35,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Naqd valuta va depozitlar 355 mln dollarga qisqargan.

Oltinning fizik hajmi esa o‘zgarishsiz qoldi – 10,9 trillion unsiya. Oltinning fizik hajmi yil boshidagi ko‘rsatkichga hali qaytmagan, yanvarda oltin 11,6 trln unsiyani tashkil qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 935 mln dollarga oshib, 35,36 mlrd dollarga yetgandi.

Avvalroq, Statistika qo‘mitasi O‘zbekiston qaysi davlatlarga oltin sotayotgani nega ochiqlanmasligiga izoh bergandi.

Мадина Очилова
Tayyorlagan Мадина Очилова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid