Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonidan suyultirilgan gaz ortilgan yuk mashinasi ag‘darildi
Beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Foto: FVV matbuot xizmati
FVV matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 2022 yil 15 aprel’ kuni soat 17:22 da Kamchiq Maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasiga A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali – O‘sh” avtomobil yo‘lining 196-kilometri “Toshkent–Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Qirg‘iziston Respublikasiga qarashli Shacman rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib, qarama-qarshi yo‘nalishning bir qismiga yonboshlab qolgani va yo‘lning harakat qismini to‘sib qo‘yganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan Qamchiq MQYoQB qutqaruvchilari, YPX va “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK xodimlari yetib kelgan.
Avtomashina sisternasida propan suyultirilgan gaz bo‘lgan, haydovchi (avtomashinada haydovchining o‘zi bo‘lgan) Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi voqea joyida vafot etgan.
Qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlari to‘liq bartaraf etilib, yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan avtomobillarning xavfsiz harakati ta’minlangan.
Avvalroq, Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
20:16 / 16.03.2026
«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?
12:18 / 01.03.2026
Dovon ortidagi qishloq: Chetsuvda bir kun
18:39 / 14.02.2026