Garçand rasmiy Kreml kema böron tufayli çökib ketganini bildirgan bölsa-da, bu rus floti jangovar ruhiga qattiq ta’sir qildi. Forbes ma’lumotlariga köra qiymati 750 mln dollar bölgan mazkur kreyser suv ostida qönim topgan minglab kemalardan biriga aylandi.

Darsliklarga kirgan “Varyag”

130 metrli jangovar kema 1898 yilda Filadelfiyada yasalgan va 1901 yilda Rossiya floti tarkibiga olingan. “Varyag”ning haqiqiy janglari rus-yapon uruşida keçdi va uning dengizçilari darsliklarga qahramonlar sifatida kiritildi. 1904 yilda yapon eskadrasi “Varyag” kreyseri va “Koreyets” kemasini Tinç okeanida qurşovga oladi. Rus tarixçilari ta’kidlaşiça, ikkita rus kemasi yaponlarning 14 ta jangovar kemalari bilan jangga kirişadi va yaqqol mağlubiyatdan qutuliş uçun ruslar “Varyag”ni çöktirib, “Koreyets” kemasini portlatib yuborişadi.

Oradan bir yil ötib yaponlar “Varyag”ni suv ostidan çiqarib olişadi va qayta sozlab, “Soya” nomi bilan öz flotlari tarkibiga qöşişadi. 1916 yilda Rossiya imperiyasi “Varyag”ni sotib oladi. Ammo bu kreyser qismatiga baribir çökib ketiş bitilgan ekan – 1925 yilda u Şotlandiya qirğoqlaridagi böronda ğarq böladi.

“Dekabrist” paroxodi

Bu kema 1902 yilda Angliyada yasalgan va 1904 yilda Rossiya tomonidan sotib olingan. U ham yaponlar bilan jangda qatnaşgan va omon qolgan. Keyinçalik SSSR floti tarkibiga kirgan “Dekabrist”dan jangovar transport korabli sifatida foydalanila boşlanadi. U 8 ming tonna yuk oliş va soatiga 22 km tezlikka erişiş quvvatiga ega edi.

Ikkinçi jahon uruşining eng oğir paytlari, 1942 yilda “Dekabrist” Islandiyadan Murmanskka öq-dori va boşqa vositalar taşib kelayotgan paytda, Barens dengizida nemislar hujumiga uçraydi. Ekipajdan faqat uç kişi omon qoladi va asirga olinadi.

Harbiy kemalarning asosiy turlari:

Esminets – eskadra mina taşuvçisi. Asosiy vazifalari suvosti kemalari va korabllarga zarba beriş, havo hujumidan himoyalaniş, desant taşiş, qirğoqdagi obektlarga zarba beriş, minalar örnatiş. Vazifalari böyiça eng universal kema;

Kreyser –