Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Mariupolda qolayotgan ukrain harbiylari o‘ldirilishi Rossiya bilan muzokaralarga nuqta qo‘yadi
Kiyev Mariupolda qolayotgan ukrainalik harbiylar o‘ldirilgan taqdirda Moskva bilan muzokaralarni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina internet nashrlariga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Mariupol — o‘nta Borodyankaga teng bo‘lishi mumkin. Shuni aytishni istardimki, harbiylarimiz, yigitlarimizning yo‘q qilinishi barcha muzokaralarga nuqta qo‘yadi. Chunki biz hududlarimiz va xalqimiz ustida savdolashmaymiz. Borodyankalar qancha ko‘p bo‘lsa, shunchalik qiyin bo‘ladi», degan Ukraina prezidenti.
Zelenskiy Mariupoldagi ukrainalik harbiylarga yordam berish uchun «turli darajalarda» muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, u Ukraina rasmiylari «qamaldagi zavodda qolayotgan yigitlar bilan aloqada» ekaniga ishontirdi.
Zelenskiyning Mariupolda vaziyat juda og‘irligicha qolayotgani — u yerda oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar yo‘qligi, Ukraina tomoni yaradorlar, ayollar va bolalar uchun gumanitar yo‘laklarni kelishib olishga uringani, biroq Rossiya buni rad etganini aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
17:09 / 25.06.2026
«Zelenskiyning ishlari chakki emas. U jasur odam» – Tramp
08:58 / 25.06.2026
Zelenskiy: G7 yordami bilan Rossiyani tinchlikka majbur qilamiz
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:23 / 21.06.2026