24 iyun kuni keçqurun xalqqa murojaat qilgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat xalqaro hamkorlar, xususan G7 davlatlari bilan muhokama qilingan yordam paketini olişga katta umid qilayotganini bildirdi.
Uning sözlariga köra, mazkur yordam Ukrainaga Rossiyani tinçlik muzokaralariga majbur qiliş imkonini beradi. Biroq Zelenskiy qanday turdagi yordam nazarda tutilayotganiga aniqlik kiritmadi.
Prezidentning ta’kidlaşiça, G7 mamlakatlari Kiyev qanday yordam haqida gapirayotganini yaxşi biladi va Ukraina bu qöllab-quvvatlaş öz vaqtida taqdim etilişiga işonmoqda.
Zelenskiy, şuningdek, Ukraina razvedkasi va qurolli kuçlariga Rossiya uruş kölamini kengaytiriş uçun foydalanayotgan obektlarga nisbatan oldindan zarba beriş böyiça topşiriq berganini ma’lum qildi.
Sönggi haftalarda Ukraina Rossiya hududidagi energetika infratuzilmasi va harbiy ta’minot uçun muhim ahamiyatga ega obektlarga, ayniqsa neftni qayta işlaş zavodlari (NQZ)ga zarbalarni kuçaytirdi. Bunday hujumlar Moskva, Nijnekamsk, Tyumen va Volgograddagi yirik obektlarga ham qaratilgan.
Ukraina tomonining ma’lum qilişiça, uşbu hujumlar ortidan Rossiyaning köplab hududlarida yonilği tanqisligi yuzaga kelgan, benzin va dizel narxi keskin oşgan. Zelenskiyning iddaosiga köra, hozir bunday muammolar Rossiyaning 60 dan ortiq hududida kuzatilmoqda.
Uning fikriça, bu vaziyat Rossiyani Moskva viloyati, Valdaydagi prezident qarorgohi va Qrim köprigi atrofini qöşimça havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan kuçaytirişga majbur qilgan. Bu esa boşqa yönalişlardagi havo mudofaasini zaiflaştirmoqda.
Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni uruşni yakunlaş böyiça takliflarni qabul qilmayotganlikda aybladi. Uning ta’kidlaşiça, Kiyev bir neça bor uçraşuv va haqiqiy tinçlik muzokaralarini taklif qilgan, ammo Moskva bunga rozilik bermagan.
Şu kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers ham Bundestagdagi çiqişida Putin Zelenskiyning tinçlik muzokaralarini boşlaş haqidagi aniq taklifini rad etganini eslatdi.
Şu bilan birga, Reuters agentligi ma’lumotlariga köra, Ukraina zarbalari oqibatida Rossiyada benzin işlab çiqariş içki talabning taxminan 80 foizinigina qoplamoqda. Hozirda benzin va dizel sotilişiga rasmiy çeklovlar mamlakatning 24 ta hududida amal qilmoqda. Qöşib olingan Qrim va Sevastopolda yonilği savdosi vaqtinça töxtatilgan, Rossiya nazoratidagi Luxansk viloyatining ayrim hududlarida esa bir xaridorga 20 litrdan ortiq yonilği sotiş taqiqlangan.













