Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin tashqi savdoda rubl va boshqa mamlakatlar valutalariga o‘tishni tezlashtirishni buyurdi
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalar mamlakat biznesi imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatdi, eksport va import logistikasini qiyinlashtirdi, hisob-kitoblarda to‘siqlar paydo qildi.
Rossiya tashqi savdodagi hisob-kitoblarda rubl va ishonchli hamkor mamlakatlar milliy valutalariga o‘tishni tezlashtirishi lozim, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalar mamlakat biznesi imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatdi, eksport va import logistikasini qiyinlashtirdi, hisob-kitoblarda to‘siqlar paydo qildi.
«Tadbirkorlarga bu muammolarni hal qilishda maksimal darajada yordam ko‘rsatish, jumladan, tashqi savdodagi hisob-kitoblarda rubl va ishonchli hamkor mamlakatlarning milliy valutalariga o‘tishni tezlashtirish kerak», — dedi u.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi o‘zgargan sharoitda mamlakat «ancha yuqori sur’atlarda harakat qilishi darkor».
«Kommersant’»ning yozishicha, ushbu haftada «Gazprom»dan gaz sotib olayotgan energetika kompaniyalariga gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 15 aprel kuni aprel oyi uchun avans to‘lash muddati yetib keldi, kompaniyalar to‘lovni rublda amalga oshirishi lozim.
Putin 31 mart kuni «nodo‘st mamlakatlar» Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lashi ko‘zda tutilgan farmonni imzolagandi. Farmon 1 apreldan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026
Rossiya Ruminiyaga javob chorasi sifatida konsullikni yopmoqda
08:50 / 26.06.2026