Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kuchli shamol turishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida 18 aprel kuni kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani bois shahar hokimligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.
«Sizdan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq «O‘zgidromet» 18-20 aprel kunlari Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi, hafta boshlarida kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishidan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
14:42 / 09.02.2026
Hafta davomida kuchli yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda
12:37 / 06.02.2026
Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmayapti
13:13 / 02.02.2026
Haftaning ikkinchi yarmida yana qor yog‘ishi mumkin
19:00 / 30.01.2026