Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiya tizimida yangi nafaqa turi tashkil etildi
O‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lanadi.
Foto: KUN.UZ
Prezidentning tegishli farmoni bilan 2022 yil 1 apreldan e’tiboran o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)ga qilgan murojaatlari asosida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mavjud bo‘lgan elektron ma’lumotlarga asosan tayinlanadi va to‘lanadi.
Avvalroq, mahkumlarning koloniyadagi ish stajini umumiy stajga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda may oyidan O‘zbekistonda nafaqa va pensiyalar miqdori 10 foizga oshirilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
17:46 / 18.02.2026
Pensiya yoshiga yetgan shaxslarga jamg‘arilgan pensiya avtomatik to‘lab beriladi
15:41 / 03.02.2026
Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga nafaqa va yordam 6 oyga tayinlanadi
09:12 / 10.01.2026
Homiladorlik nafaqasi bo‘yicha yangi tartib: rasmiy munosabat e’lon qilindi
15:29 / 27.12.2025