Savol: Ramazon oyida rözadan taşqari yana qanday amallar qilişga tarğib qilingan?

Javob:

Ramazon – Qur’on oyidir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bu oyda Qur’onni Jabroil alayhissalomga töliq öqib berar edilar. Vafot topadigan yillarida esa Qur’onni bu uluğ fariştadan ikki marta ötkazib olganlar.

U zot Ramazon oyida Qur’on tilovatini kuçaytirib, tungi namozdagi qiroatlarni uzaytirardilar. Ötgan solihlarimiz ham bu oyda Qur’onni bir neça bor xatm qilib çiqişardi. Ramazon oyida boşqa nafl ibodatlarni qöyib, faqat Qur’on bilan maşğul bölganlar. Imom Zuhriy Ramazon kirsa: “Bu oy faqat Qur’on öqiş va (iftorda) oçlarni töydiriş oyidir”, – derdilar.

Imom Molik rahmatullohi alayhi Ramazon oyi kirsa, hadis darslarini töxtatib, Qur’on bilan maşğul bölar edilar. Şuningdek, Sufyon Savriy rahimahulloh ham Ramazon oyi kelsa, barça nafl ibodatlarni qöyib, Qur’onga yuzlanar edilar.

Imom Buxoriy rahimahulloh Ramazon oyida har kuni bir marta xatm qilar edilar. Tarovih namozidan keyin ham qoim bölar va uç kunda bir marotaba xatm qilar edilar (“Tarixu Bağdod”).

Imom Ahmad ibn Hanbalning “Kitabuz-Zuhd” kitoblarida kelişiça, maşhur tobein Ibn Sirin rahmatullohi alayh Ramazonda tunlarini ibodat bilan ötkazar ekan.

“Siyaru a’lamun-Nubala” kitobida naql qilinişiça, “Qatoda yetti kunda bir marotaba Qur’onni xatm qilar edi. Ramazon oyida esa – uç kunda bir xatm qilar, agar rözaning oxirgi ön kunligi kelsa, har kuni bir marotaba xatm qilar edi”.

Ramazon oyi – nafsni tarbiyalaş oyidir. Röza tutgan inson doimo Alloh taolo kuzatib turganini his qilib yaşaydi. Şuning uçun özi yolğiz qolganida ham rözasini oçişga jur’at etmaydi. Doimiy ravişda Allohni his etib turiş esa kişi qalbini musaffo qiladi. Uning qalbiga Alloh muhabbatidan boşqa narsa siğmay qoladi. Röza tutiş orqali inson gunohlardan saqlanadi, şahvati sinadi va gunohga undovçi omillar zaiflaşadi. Bu haqda quyidagi hadisda bayon qilingan:

“Abu Hurayra roziyallohu anhu: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Ramazon oyining birinçi keçasida, şaytonlar va yomon jinlar kişanlanadi, dözax eşiklari yopilib, undan birortasi oçilmaydi. Jannat eşiklari oçilib, ular yopilmaydi. “Ey yaxşilikni xohlovçi, bu yoqqa kel! Ey yomonlik istovçi, bu işdan töxta!” deb nido qilinadi. Bu keçada Alloh taolo köpçilikni dözaxdan ozod qiladi. Mana şu har kuni takrorlanadi”