O‘zbekiston | 10:44 / 22.04.2022
8152
4 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimi Qo‘rg‘ontepaning Iqtisodchi mahallasi muammolariga yechim topmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 aprel kuni mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolgan hududlarga alohida e’tibor qaratish haqida so‘z bordi.

Foto: Kun.uz

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Iqtisodchi mahallasida bo‘lib, aholi turmush farovonligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.

Foto: Kun.uz

3-sektor hududi o‘ramida joylashgan Iqtisodchi mahallasi tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolgan 5 ta hududning biri hisoblanadi. Mahalladagi 3 ta asosiy ko‘cha - Jiydazor, Ulug‘vor, Diydor ko‘chalari ta’mirlanib, yo‘llarga asfalt yoki beton qoplamasi yotqizilishi belgilandi. Ushbu harakatlarni mahalla ahli quvonch bilan qabul qildi. “Andijon elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari hududdagi yog‘och tayanchlar o‘rniga 114 ta beton tayanchlar o‘rnatish zarurligini belgiladi. Jarayonda 30 ta beton tayanch keltirilib, o‘rnatish ishlari boshlandi. May oyining 15-sanasigacha beton tayanchlarni o‘rnatish to‘liq yakunlanadi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Shuningdek, viloyat rahbari mahalla ahli va mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda viloyat rahbari hududdagi mahallalarni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka ixtisoslashtirish orqali aholining daromadini oshirish masalalari va ularning yechimlari xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi. Hunarmandchilik, tikuvchilik, kosibchilik, qandolatchilik kabi kichik ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlariga e’tibor qaratdi. Bu borada hokim yordamchilari e’tibor qaratishi zarur bo‘lgan jihatlar yuzasidan atroflicha so‘z yuritib, tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Jarayonda mahalladagi xonadonlarda bo‘lib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Iqtisodchi mahallasida yashovchi Farida Ahmadjonova 4 farzandni yolg‘iz ona sifatida tarbiyalab keladi. Bugun viloyat rahbari tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashgan Farida Ahmadjonova, yashayotgan joyini biroz bo‘lsa-da ta’mirlashga ko‘mak so‘rab, o‘z murojaatini bildirgandi. Viloyat rahbari uchrashuvdan so‘ng uning xonadoniga borishini va hammasini o‘rganib chiqib yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Farida Ahmadjonovaning uyiga borib, oilaning turmush-tarzi bilan yaqindan tanishdi. Ma’lum bo‘lishicha, yolg‘iz ona o‘zining 4 nafar farzandi bilan birga, yaqinining yana bir farzandiga ham mehr berib kelmoqda. Hozirda ona tuman markazidagi oshxonada ishchi vazifasida ishlab, oila boqadi. U yashayotgan uyi o‘ziga tegishli emasligi va ta’mirtalab ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Shuhratbek Abdurahmonov oila a’zolarining ehtiyojlari, niyat va maqsadlari bilan qiziqdi. Ona va farzandlar duch kelgan qiyinchilik o‘tkinchi hol ekanligini ta’kidlab, ular aslo yolg‘iz emasliklarini ta’kidladi. Ushbu oilaga ko‘p qavatli arzon uy-joylardan olishda ko‘mak berilib, bir bosh qoramol bilan ta’minlanadi. Oilaning to‘ng‘ich qizi tibbiyot texnikumida o‘qish maqsadi borligini bildirdi. Ushbu masala ham ijobiy yechim topdi. Mahallada jarayon qizg‘in davom etmoqda.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati Ⓣ

 

Mavzuga oid