Quduqda suv bölmagan. Bola qutqaruvçilar yordamida quduqdan soğ-salomat çiqarib olingan.

Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida yoş bola quduqqa tuşib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, holat bugun, 16 may kuni soat 11:00 da Qörğontepa tumanidagi Ibn Sino mahallasida sodir bölgan. Hududdagi uylarning birida 7 yoşli bola ehtiyotsizlik oqibatida suvsiz, hozirda foydalanişda bölmagan quduqqa tuşib ketgan. Quduqning çuqurligi 40 metr, diametri 90 sm bölgan.

Uy egalari bolani olib çiqişda amaliy yordam sörab FVBga murojaat qilgan. Manzilga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvçilar maxsus texnikalar va anjomlar yordamida bolani quduqdan çiqarib olişgan.

Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxşiligi, tibbiy körikdan ötkaziş maqsadida şifoxonaga olib borilgani bildirildi.

Avvalroq Farğona viloyati Farğona tumanida ham 40 metrli quduqqa tuşib qolib ketgan fuqaro qutqarilgandi.