Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Ayoqchisoy» sel suv ombori quriladi
Qashqadaryoda “Ayoqchisoy” sel suv omborini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarida 25 ming gektar yerlarni suv bilan ta’minlash uchun 365 milliard so‘mlik “Ayoqchisoy” sel suv omborini qurish bo‘yicha taklif kiritiladi.
Oborotdan chiqqan 40 ming gektardan ortiq yerlar qayta foydalanishga kiritiladi. Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi va Qamashida 20 ming gektar, shundan joriy yilda 10 ming gektar anorzorlar barpo qilinadi.
“Koson” fermer xo‘jaligi tajribasi asosida, viloyatdagi har bir paxta klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘zining dala chetlariga tut va tok ko‘chatlari hamda sabzavot ekinlari ekish tashkil qilinadi.
Paxta klasterlari daromadining bir qismini ajratgan holda, viloyatdagi suv xo‘jaligi obektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida berib, ta’mirlash va saqlash xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tizimi joriy qilinadi. Bu Qashqadaryo tajribasi bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026