11:00 / 23.04.2022
25043

Prezident tashabbusi bilan kasbilik profilaktika inspektoriga muddatidan oldin podpolkovnik unvoni berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Kasbi tumanidagi “Qamashi” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, prezident “Qamashi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yangilanish, o‘zgarishlar, shu jumladan, profilaktika inspektorining faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. 

Yangi O‘zbekiston tamoyili asosida mahalla tizimida profilaktika inspektori, mahalla raisi, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollari hamkorlikda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlab, “xonadonbay”, “fuqarobay”  o‘rganish tizimini amaliyotga jadal tatbiq etgani aytildi. 

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB

Mahallada aniqlangan muammo va kamchiliklarni mahallaning o‘zida hal qilish choralari ko‘rilib, hamkorlikda ish olib borilgani natijasida mahalla hududida ayollar, yoshlar va ishsizlar tomonidan so‘nggi uch yil davomida bironta jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB

Xizmatda fidoyilik ko‘rsatgani uchun Kasbi tuman IIB JXX HPB profilaktika katta inspektori, mayor Avliyoqul Farmonovga muddatidan oldin rag‘batlantirish tariqasida podpolkovnik maxsus unvoni berildi. Unvonni ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i, polkovnik Bekmurod Abdullayev topshirdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB

Davlat rahbari tomonidan e’tirof etilgan profilaktika inspektorining xizmatda ijobiy natijalarga erishish tajribasi profilaktika inspektorlariga o‘rnak bo‘lishi va bu tajribani sohada ommalashtirish tavsiya etildi.

Top