Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tandir va jiz mehmonlarga, ko‘katlar va boshqa foydali mahsulotlar ko‘proq qashqadaryoliklarga – prezident sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha gapirdi
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashi navbatdan tashqari sessiyasida so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi paytlarda jiddiy e’tibor qaratilayotgan sog‘lom turmush tarzi masalasiga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi.
“Ishqilib, bu baloning arigani rost bo‘lsin, ko‘pchilik davlatlar rahbarlari mendan “Qanday qilib koronavirus pandemiyasidan kam talafot bilan chiqdingiz?” deb so‘rashdi. Men ularga: “Metin intizom, men suyangan xalqim irodasi va shifokorlarning sa’y-harakatlari bilan” dedim.
Lekin, ming afsuski, bizda ham yo‘qotishlar bo‘ldi. Bu shunday kasallik ekanki, har qancha asrashga harakat qilmaylik ko‘p bemorlar omon qolmadi. Kim ortiqcha vaznga, qon bosimiga e’tibor bermagan bo‘lsa, sog‘lom turmush tarziga amal qilmagan bo‘lsa, ko‘proq aziyat chekdi.
Endi biz bu achchiq sinovdan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak. Men sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshliq katta jamoani bejiz Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga uzoq muddat ishga jo‘natganim yo‘q. Ular tinmay uyma-uy kirib aholi salomatligini o‘rganishyapti, kerakli tadbirlarni amalga oshirishyapti.
Aholimizni qiynayotgan jiddiy muammolar va odatlar ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlilik. Bular bilan jiddiy kurashadigan payt keldi. Qashqadaryoliklar go‘shtni yaxshi ko‘rishadi. Endi qashqadaryoliklar tandir va jizni ko‘proq mehmonlarga berib, o‘zlari ko‘katlarga va boshqa foydali mahsulotlar iste’moliga e’tibor qaratsalar, juda yaxshi bo‘lardi”, deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
15:20
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026