Jamiyat | 14:17 / 25.04.2022
13574
2 daqiqa o‘qiladi

“Sog‘lik eng bebaho ne’mat ekan” - shifokor yigit shifo topish uchun murakkab operatsiyaga muhtoj

Xayrullo Dadaboyev Andijon davlat tibbiyot institutining 3-kursida tahsil oladi. Shifokor bo‘lib, xastalar dardiga davo topishni orzu qilgan 22 yoshli yigitning o‘zi og‘ir kasallikka chalindi. U surunkali buyrak yetishmovchiligi sababli haftada uch marotaba dializ muolajalari oladi. Xayrulloning hayotini faqatgina buyrak ko‘chirish operatsiyasi bilan saqlab qolish mumkin. Jigarining yosh umri zavol topmasligi uchun ammasi unga o‘z buyragini berishga tayyorlanmoqda.

“Ikki o‘g‘lim bor, o‘zim hamshira bo‘lib ishlayman. Lekin hozir kenja o‘g‘limning sog‘ligi yomonlashgani tufayli ishlashga imkonim yo‘q. Katta farzandim ishlab turibdi.

Yaxshi niyatlar bilan o‘qitayotgandik, bu dard yashirin holda bo‘lgani uchun bilmagan ekanmiz”, — deya o‘kinadi bemorning onasi Mahfuzaxon Yo‘ldosheva.

Xayrullo hozir umrining ayni avj pallasini xastalik changalida o‘tkazayotganidan, yaqinlarini iztirobga qo‘yayotganidan siqilayotganini aytadi: “Inson uchun sog‘lik eng bebaho ne’mat ekan. Bu meni yaqinlarimning, salomatligimning qadriga yetishga o‘rgatdi. Og‘riganimdan beri ular men bilan birga, yaqinlarimga rahmat deyman”.

Bemorlar dardini, azoblarini bugun sog‘lom hayot gashtini surayotganda bilmaslik mumkin. Ammo ularga cho‘zilgan yordam qo‘llari shunday holatga tushmaslik uchun savob ko‘prigi bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Xayrullo Dadaboyevga oid ma’lumotlar:

Humo: 9860 1701 1317 3604 akasi Habibullo Dadaboyev nomida

Bevosita uchrashish istagida bo‘lganlar uchun bemor manzili: Andijon viloyati, Izboskan tumani, “Botirobod” MFY, Mangulik ko‘chasi 48-uy.

Mavzuga oid