Majlisda sönggi beş yil davomida köp kvartirali uy-joy fondini saqlab turiş va ulardan foydalaniş sohasida jami 37 mingdan ortiq köp kvartirali uylardan foydalanişning texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etilişini örganiş natijalari böyiça ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinişiça, 61 mingdan ortiq holatda köçmas mulk egalari tomonidan uy-joy fondi va unga tutaş hududlarda özboşimçalik bilan qurilmalar barpo etilgani aniqlangan. Biroq noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda bartaraf etişga oid sudlarga arizalar taqdim etişda oldindan davlat boji tölovini amalga oşiriş belgilangani tufayli uşbu mazmundagi materiallarni sudlarga taqdim etişda qiyinçiliklar kelib çiqqan.

Senatorlarga köra, uy-joy mulkdorlari şirkatlari köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasini obodonlaştiriş böyiça hamda aholiga boşqa xizmatlar körsatilgan va işlar bajarilgan taqdirda, xizmatlar körsatiş uçun tegişli soliq tölovlaridan ozod etilgan bölib, boşqaruv taşkilotlari faoliyatiga nisbatan uşbu imtiyozlar tatbiq etilmayotgani turli kelişmovçilarni yuzaga keltirmoqda.

Şu maqsadda işlab çiqilgan uşbu qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga, Soliq kodeksiga, Davlat boji töğrisidagi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilib, boşqaruv taşkilotlariga tegişli imtiyoz va vakolatlar berilmoqda.

Lekin majlisda aynan qanday turdagi soliq imtiyozi berilayotgani böyiça ma’lumot berilmadi.

«Kiritilayotgan özgartirişlar – berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, vakolatlar, çeklovlar zamirida birinçi navbatda aholi manfaatlari yotibdi.

Köp kvartirali uylar nomi bilan köpçilik oilalar yaşaydigan uylar. Bir xonadondagi özgariş (devorlarni buziş, kengaytiriş, birinçi qavatdagilar qöşimça imoratlar solişi va h.k.) boşqa xonadonlarga ta’sir qilmay qolmaydi.

Befarqlik, mas’uliyatsizlik va nazoratsizlik sababli mazkur masala köp vaqt e’tibordan çetda qolgani ham haqiqat. Endi aniq javobgarlik belgilanmoqda: mansabdorga ham, jismoniy şaxsga ham», dedi Tanzila Norboyeva.

Şuningdek, Senat raisi qonun bilan berilayotgan soliq imtiyozlari amalda ularning moliyaviy holati yaxşilanişi va xizmat körsatiş sifati oşişiga xizmat qilişini ta’kidladi.