Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlashda quyosh panellaridan foydalanish ustida ishlanyapti
O‘zbekistondagi Xalqaro quyosh institutida elektromobillarni zaryadlashda quyosh panellari energiyasidan foydalanish masalasida ish olib borilmoqda. Institut olimlari qurilmalarning dastlabki modellarini yaratishgan.
AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida elektromobillarni zaryadlaydigan qurilmalarni hududlarda o‘rnatishda quyosh panellari energetikasidan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovga ko‘ra, hozir bu masalada nazariy jihatdan ilmiy tadqiqot bor, isbotlangan. O‘zbekistondagi Xalqaro quyosh instituti olimlari qurilmalarning dastlabki modellarini yaratishgan.
“Bularni keng ishlab chiqarish, sinov ishlarini hozir o‘tkazishga Energetika vazirligi bilan ishlayapmiz. Buni juda ham qisqa muddatlarda amalga oshiramiz. Bunda oldimizda 2ta katta masala bor. Birinchisi elektromobillarni zaryadlovchi qurilmalarni o‘zimizda ishlab chiqarishni tashkil qilish, ikkinchi katta masala – ilmiy tadqiqot bilan bog‘liq. Lekin bu amalga oshirsa bo‘ladigan ish”, – dedi vazir.
Mavzuga oid
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
18:26 / 05.09.2025
QQSni nollashtirishdan O‘zbekistondagi fermerlarning qariyb yarmi manfaat ko‘radi - vazir
12:33 / 04.09.2025
Jizzaxda O‘zbekiston-Xitoy innovatsion markazi quriladi
23:25 / 01.02.2025