4 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzuridagi yiğilişda 2026 yildan boşlab qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun QQSni nol stavkaga tuşirişga qaror qilindi. Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Özbekiston 24”ga bergan intervyusida bu qaror respublikadagi 100 mingdan ortiq fermerdan 48 ming nafariga töğridan töğri manfaatli bölişini aytdi.

“Bu fermerlarda soliq yukini kamaytirib, rentabellikni hozirgi 5-7 foizdan 15 foizga oşiradi. Soyadagi iqtisodiyotni qisqartiradi. Çunki tomorqalarda qöşimça qiymat yöq, lekin sanoatlaşgan boğlarda qöşimça qiymat bölgani uçun bu mahsulot yetiştirişda murakkabliklar keltirib çiqarardi. [QQSni nollaştiriş] qişloq xöjaligida yangi tizimlarni rağbatlantirib boradi.

Bundan taşqari, qöşimça mablağ köproq qoladi va öğit, yoqilği, elektr energiyasiga sarflagan mablağlari QQSdan ozod qilinganidan keyin, qolgan mablağ qişloq xöjaligini rivojlantirişga sarflanadi. Bu qişloq xöjaligida katta özgarişlarga olib keladi. Fermerlarda manfaatdorlik oşadi, şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştiriş kengayadi, davlatning yirik soliq aylanmasi paydo böladi”, – dedi vazir.

Ibrohim Abdurahmonovga köra, Soliq qömitasi bilan hamkorlikda har yili QQS nol bölgan mahsulotlar e’lon qilib boriladi. Şuningdek, bu mahsulotlar qiymatga ötganidan keyin elektron platformada 3 kun içida QQS keşbek sifatida boşqa tarmoqlarga tölab beriladi.

Vazir joriy yilgi maqsad 517 trln sömlik mahsulot yaratiş ekanini qöşimça qildi.