Taşrif doirasida Ibrohim Abdurahmonov Jiangsu World Agricultural Machinery kompaniyasi rahbari Çju Linjun va Aladdin Holdings Group kompaniyasi raisi Yang Jyen Tsyan bilan ham muzokaralar olib bordi.
Tomonlar Qaşqadaryo viloyatida paxta teriş kombaynlari va boşqa qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqariş va yiğiş zavodi quriş, şuningdek, Qaşqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 30 ming gektarlik dala maydonlarida Xitoy tajribasiga asoslangan yuqori hosildor paxta yetiştiriş loyihasini amalga oşiriş masalalarini körib çiqdilar.

Şuningdek, rasmiylar Jizzax viloyatida umumiy qiymati 400 million AQŞ dollariga teng bölgan Özbekiston–Xitoy innovatsion markazini qurişga kelişib oldi.
Uşbu majmua zamonaviy qişloq xöjaligi va madaniy-turistik sanoatni rivojlantirişga xizmat qiladi. Markazning birinçi bosqiçi 2026 yil boşida qurilişi rejalaştirilgan bölib, bu maqsadda 30 gektar yer maydoni ajratiladi.














