O‘zbekiston | 18:56 / 29.04.2022
8391
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Norov Saudiya Arabistoni elchisini qabul qildi

Foto: Kun.uz

Bugun, 29 aprel kuni Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi  Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Uchrashuvda Norov elchi janoblarini Saudiya-O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi bilan tabrikladi. Elchi ham shuningdek, vazirlik xodimlari hamda o‘zbekistonliklarni kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladi.

Yangi vazir so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda 2021 yilda oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ijrosi va istiqboldagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng uchrashuvning yopiq qismi boshlandi.

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid