Özbekiston hukumati Afğonistondan mamlakat çegarasini buzib ötgan harbiy uçoqlarni AQŞ mulki bölgani sababli ularga qaytarişni rejalaştirmayapti. Bu haqda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Taşqi işlar vaziri örinbosari Afğonistonning sobiq hukumati harbiy uçuvçilari öşanda çegarani buzib ötgani va bu holat yuzasidan sud boşlangani, sud jarayoni tugaganidan söng, AQŞ Özbekiston va Tojikistondan texnikalarni olib çiqib ketişini ma’lum qildi.

«Öşa kunlarda köplab harbiy uçuvçilar çegaradan uçib ötişdi, qoçişdi Afğonistondan. Şuni aytişim kerakki, ularning Özbekistonga kelişi ğayriqonuniy edi, ya’ni ular Özbekiston havo çegarasini buzib, ruxsatsiz kirişgan. Bu holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan, ular uçib kelgan vositalar qamoqqa olingan. Bu borada sud qarori çiqarilişi kerak.

Mana şu qaror çiqarilganidan keyin Amerika Qöşma Ştatlari bu uçoqlarni, samolyot va vertolyotlarni olib ketadi. Çunki Amerika tomoni bergan rasmiy maktubga köra, bu uçoqlarning hammasi Amerika hukumatining molidir. Ular hozirda bu uçoqlarni örganib, tekşirib çiqişmoqda, şundan keyin ularning hammasi, öylaymanki, Özbekistondan ham, Tojikistondan ham olib ketiladi», — degan Irgaşev.

Naşr muxbiri «Tolibon» tomonidan bu aviatsiya vositalarini qaytariş böyiça rasmiy Toşkentga talablar bölgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh söragan.

«Bunday murojaat bölgan, lekin bunday murojaat böyiça ança avval gaplaşganmiz. Men özim bevosita «Tolibon» hukumati rahbarlari bilan uçraşib, bu masalaga oydinlik kiritganman. Birinçidan, bu holat böyiça jinoyat qözğatilgan, uçoqlar qamoqqa olingan va faqatgina sud qarori bilan ozod etilişi mumkin.

Ikkinçidan, Amerika Qöşma Ştatlari hukumatining rasmiy maktubiga binoan, bu uçoqlarning barçasi Amerika hukumati puliga sotib olingan va vaqtinça Afğoniston harbiy kuçlariga berilgan. Aşraf Ğani hukumati bu uçoqlar uçun bir dollar ham tölamagan. «Sobiq hukumatni moliyalaştirişni ham biz amalga oşirardik. Ularning maoşini biz berganimizdan keyin ularning uçoqlarni sotib oliş uçun qanaqa bölardi?» degan gaplar bor murojaatda.

Biz bu gaplarni toliblarga yetkazdik. Ular bir qismini bölsa ham qaytariş imkoniyati haqida söraşdi. Agar bu ularning moli bölganida, sud qarori çiqqaç, ularga qaytarib bergan bölardik», — degan vazir örinbosari.