SSV: Ramazon hayiti va qo‘shimcha dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 5 may sanasiga qadar ketma-ket dam olish kunlari belgilandi.
SSV matbuot xizmati bu davrda xalq xotirjamligi hamda salomatligini ta’minlash — o‘ta muhim masala ekanini qayd etdi.
Shundan kelib chiqqan holda, Sog‘liqni saqlash vazirligida bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarda mamlakatdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida shtab tashkil etildi.
Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:
- 1010 ta oilaviy poliklinika,
- 858 ta oilaviy shifokor punkti,
- tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar,
- ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
- tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.
Shuningdek:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 180 ta aholi punktida joylashgan subfiliallarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.
Mamlakat bo‘ylab 2700 ga yaqin tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda.
Bundan tashqari, 218 ta tug‘uruq, 238 ta bolalar davolash muassasalari ham uzluksiz ish olib boradi.
Sanitariya-epidemiolologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan bo‘limlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatchi shifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vrach-laborant va yordamchi xodimlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram va dam olish kunlarida uzluksiz mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024