Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 1 may namoyishlarida 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi
1 may kuni Rossiya shaharlarida Ukrainadagi urushga qarshi norozilik namoyishlari munosabati bilan yuzlab fuqaro qo‘lga olindi. Eng ko‘p ushlanganlar Moskva va Sankt-Peterburgda qayd etilgan.
Rossiyaning 18 shahrida 1 may aksiyalarida 200 dan ortiq odam qo‘lga olindi. 2 may, dushanbaga o‘tar kechasi bunday ma’lumotlarni inson huquqlari bo‘yicha «OVD-Info» loyihasi e’lon qildi. Qo‘lga olinganlarning eng ko‘pi Moskva va Sankt-Peterburgda qayd etilgan - har bir shaharda 80 ga yaqin kishi.
Qo‘lga olinganlarning aksariyati yakka piketlar o‘tkazib, qo‘lida 1 may va urushga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ushlab turgan.
Moskvadagi Pushkinskaya maydonida «Tinchlik! Mehnat! May!» deb yozilgan plakatni ko‘tarib olgan sobiq sportchi Dmitriy Silin ushlangan. «Novaya gazeta» jurnalistlari Yelena Lukyanova va Andrey Dushutin Sankt-Peterburgda o‘z rasmlari namoyishi bilan muntazam ravishda piketlar o‘tkazuvchi rassom Yelena Osipovaning urushga qarshi mitingini tasvirga olish chog‘ida qo‘lga olindi.
Sankt-Peterburgda, Vasilevskiy orolida teleboshlovchi Vladimir Solovyov surati tushirilgan televizorga o‘zini kishanlab o‘tirgan Anna Anisimova qo‘lga olindi.
Novosibirsk va Yekaterinburgda bir necha o‘nlab odamlar ushlandi. Hibsga olishlar Nijniy Novgorod, Kirov, Perm, Yaroslavl va boshqa qator shaharlarda ham kuzatildi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026