Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar 5 yilga qamaldi
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdogarlariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
2021 yilning oktabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Toshkent shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan T.U. Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.M.dan 7504 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 45 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, T.U.ning avtomashinasidan 158 dona “Tropikamid”, Chilonzor tumanidagi yashash xonadonidan esa 5617 dona “Selofen Zaleplon”, 1492 dona “Tropikamid” va 778 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ham protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Aniqlanishicha, T.U.ning buyurtmasiga ko‘ra M.M. ushbu dori vositalarini o‘zining jinoiy aloqalari orqali Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Toshkent shahriga olib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan T.U. va M.M.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining hukmiga ko‘ra, T.U. va M.M.ning har biriga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024