Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya YeI davlatlariga Rossiyaga qarshi neft embargosi loyihasini yubordi
Rossiyadan neftga bo‘lgan embargo loyihasida taqiq olti-sakkiz oy davomida, bosqichma-bosqich joriy etilishini nazarda tutadi. Vengriya va Slovakiya uchun istisnolar bo‘ladi, lekin Chexiya va Bolgariya ham ularni talab qilishi mumkin.
Foto: hungarytoday
Yevrokomissiya Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarga Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi loyihasini taqdim etdi, unda, jumladan, neft embargosi nazarda tutilgan. AFP va Dpa agentliklarining diplomatik doiralarga tayanib xabar berishicha, Yevrokomissiya 4 may, chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiya neftini olib kirishni olti-sakkiz oy davomida, bosqichma-bosqich taqiqlashni nazarda tutuvchi hujjatni yuborgan.
Istisnolar faqat Rossiya neftiga qaram bo‘lgan Vengriya va Slovakiya uchun mavjud. Yevropa ittifoqi rasmiysiga ko‘ra, import 2023 yil oxirigacha davom etishiga ruxsat berilishi kerak.
Yevropalik diplomatlarning fikricha, Yevrokomissiya taklifi yangi bahsga sabab bo‘lishi mumkin: Chexiya va Bolgariya ham o‘z iqtisodlari Rossiya neftiga jiddiy bog‘liqligini ta’kidlab, istisnolarni talab qilmoqda.
Asosiy elementi neft embargosi bo‘lgan Rossiyaga qarshi oltinchi sanksiyalar to‘plamini Yevropa ittifoqi davlatlari 4 may kuni birinchi marta ko‘rib chiqishi kerak. Uning qabul qilinishi uchun Yevropa ittifoqining barcha 27 davlati bir qarorga kelishi lozim, biroq Vengriya neft ta’minoti cheklansa, neft embargosiga veto qo‘yish bilan tahdid qildi. Budapesht ma’lumotlariga ko‘ra, Vengriya o‘ziga zarur bo‘lgan neftning 65 foizini «Drujba» quvuri orqali oladi.
Mavzuga oid
09:45
Litva rossiyalik va belaruslikni Rossiya topshirig‘i bilan terakt sodir etishda aybladi
09:07
Rossiya va Ukraina ZAES atrofida mahalliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi
20:49 / 16.01.2026
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
15:11 / 16.01.2026