O‘zbekiston | 11:47 / 10.05.2022
17991
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida salqin harorat kuzatiladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi - «O‘zgidromet»

Bugun O‘zbekistonning barcha hududlari Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin va nam havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, hududlarning katta qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. 

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni kunning me’yoriy qiymatlaridan 3-4 darajaga kam bo‘ladi va 20-25 daraja issiqdan oshmaydi.

Ertaga faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kun davomida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Payshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga yana nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, bunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

13 may, juma kuni nam va salqin havo massasi mamlakat barcha hududlarini qamrab oladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Shimolda yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 12-17 daraja iliqni, 12 may kunduz kuni 23-28 daraja issiqni tashkil etadi, 13 mayda yomg‘ir paytida 21-26 daraja issiqqacha pasayadi.

Hafta davomida respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid