19:48 / 10.05.2022
28702

«Manchester Siti» Holand transferini e’lon qildi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Holand yangi mavsumni Angliya Premer-ligasida boshlaydi.

Foto: Getty Images

«Manchester Siti» klubi rasmiy sayti Holand transferi bo‘yicha Dortmund klubi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Erling 1 iyul kuni Manchester klubi a’zosiga aylanadi. 

«Transfer futbolchining shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishilgach, rasmiylashtiriladi», - deyiladi klub xabarida.

The Guardian'ning yozishicha, norvegiyalik 21 yoshli futbolchi «shaharliklar» bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va haftasiga 350 ming funt maosh oladi. Shuningdek, bonuslar ko‘zda tutilgan.

21 yoshli norvegiyalik forvard 9 may kuni «Manchester Siti» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib, yana Dortmund klubi safiga qaytgan.

Sky Spors xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» rahbariyati Holand uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 75 million yevro tovon pulini to‘laydi.

Ma’lumot uchun, Erling joriy mavsum klubi safida jami 29 o‘yinda 28ta gol va 7ta assistga mualliflik qilgan.

Mavzuga oid
Top