30 iyun kuni keçqurun va 1 iyul tongida jahon çempionati 1/16 bosqiçi doirasida Kot-d'Ivuar – Norvegiya, Fransiya – Şvetsiya hamda Meksika – Ekvador juftliklari iştirokidagi öyinlar bölib ötadi.
Kot-d'Ivuar – Norvegiya
30 iyun, 22:00. AT&T Stadium, Arlington
Bu jamoalar öyinida kuraş, hujumlar va gollar köp bölişini taxmin qiliş mumkin. Skandinavlar jamoasi ustozi Stole Solbakken Kot-d'Ivuar – bu safargi jahon çempionatining jismoniy jihatdan eng kuçli jamoalaridan biri ekanini e’tirof etdi. U bilan bahslaşiş qiyin, afrikaliklarda kuçli himoya çiziği, Pepe, Diallo va Diomande qiyofasida kuçl qanotlar mavjud. Fil suyagi qirğoği jamoasi guruh bosqiçida Ekvador va Germaniya bilan öyinlarda teng kuraş taklif etib, bu öyinlarda 4 oçko oldi, Kyurasaoga qarşi öyinda esa ortiqça kuç sarflamasdan ğalaba qozondi va öz tarixida ilk bor pley-offga çiqdi. Aynan uşbu jamoa turnir kaşfiyotiga aylanişi mumkin.
Ammo Solbakken aynan pley-offning birinçi öyiniga kuç tejaş uçun guruh bosqiçining sönggi turida Fransiyaga qarşi keçgan bahs uçun ikkinçi tarkibni taşladi va Norvegiyaning asosiy tarkibi a’zolari jismoniy tayyorgarlik borasida raqibdan ortda qolmasligi tayin. Jamoa hujum çiziği vakillari – Holand va Nusa tezkor qarşi hujumlarda foydalanişga tayyor turadi. Qolaversa, norveglar jamoasida bir-birini tuşunib öynaşda muammo yöq, jamoa sardori Edegorning nostandart qarorlari esa öyin taqdirini hal qilişi mumkin. Bundan taşqari, skandinavlar turnir davomida özini juda kamtarona tutmoqda – Senegal bilan öyinda pley-off masalasi muddatidan oldin hal qilinganidan keyin Holand futbolçilar özidan favorit yasab olmasligi kerakligini aytgandi.
Umuman, bu oqşom ikki jamoadan birining ğalabasi sensatsiya sifatida baholanmaydi, bu jamoalardan biri keyingi bosqiçda Braziliya bilan öyinda sensatsiya qilişi mumkin.
Fransiya – Şvetsiya
02 iyul, 02:00. New York/New Jersey Stadium, Nyu York
Şvetsiya guruhni barqaror ötkaza olmadi va ikkinçi turda Niderlandiya bilan öyinda oğriqli mağlubiyatni qabul qilib oldi (1:5). Grem Potter uşbu öyinda niderlandlarning qanotlariga böş hududlar taqdim etib, taktik jihatdan muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Kuçli vingerlarga ega bölgan Fransiya bilan bunday xatoni takrorlaş halokatli tus olişi tayin. Qolaversa, jamoaning asosiy himoyaçilaridan biri Xiyen jiddiy jarohat oldi va bu skandinavlar jamoasi uçun juda yomon xabar. Boşqa tomondan, şvedlar himoya çiziğini yuqori örnatadigan fransuzlarni qarşi hujumlarda jazolaşi mumkin, buni guruhning birinçi turida Senegal körsatib bergandi. Şvetsiyaning hujumdagi asosiy qurollari Yokereş, Elanga va Isak tezkor futbolçilar bölib, himoyaçilar ortiga oçilişni juda yaxşi uddalaşadi.













