Jahon | 22:42 / 11.05.2022
11996
1 daqiqa o‘qiladi

Pavel Durov millionlab qashshoqlar ovqatlanishi uchun xayriya berdi

Durovning so‘zlariga ko‘ra, jahon global oziq-ovqat inqirozi ostonasida turibdi va dunyo bo‘ylab millionlab insonlar ochlikdan aziyat chekmoqda. 

Foto: Getty Images

Telegram asoschisi Pavel Durov «Bir milliard tushlik» xayriya aksiyasi doirasida 12 mln kishiga tushlik sotib olish uchun pul berdi. U bu haqda o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi

Durovning so‘zlariga ko‘ra, jahon global oziq-ovqat inqirozi ostonasida turibdi va dunyo bo‘ylab millionlab insonlar ochlikdan aziyat chekmoqda. 

Uning bildirishicha, aynan ushbu muammoni yumshatish uchun BAA hukumati yuqoridagi aksiyani boshladi. 

«Yuzlab kishilar qatnashdi. Ushbu kampaniya muallifi Shayx Muhammad 400 millionta tushlikka, men esa kamtarona 12 million tushlikka pul berdim», – deb yozdi Durov.

Shu bilan birga, Telegram asoschisi bu maqsad uchun qancha mablag‘ ajratganini ma’lum qilmadi, ammo keyinchalik bu tashabbusga yanada ko‘proq kishilar qo‘shilishiga umid bildirdi.

Mavzuga oid