Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar markazi Koreya mablag‘lari hisobiga tashkil etiladi
Prezidentning “Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobiga “O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar:
“O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish” loyihasini moliyalashtirish uchun Koreya Respublikasi hukumati tomonidan 4 yil muddatga 3,7 mln AQSh dollari (4,5 mlrd Koreya voni) miqdorida grant mablag‘lari ajratilishi tasdiqlangan;
Koreya qishloq jamiyatlari korporatsiyasi (KRC) va Koreyaning Qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlik instituti (DICA) loyihani amalga oshiruvchilardir;
loyiha Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hokimligi zaxirasidagi “A.Yassaviy” MFYda joylashgan qishloq xo‘jaligi xaritasi 2261q-konturidagi yer maydonining 2 gektar qismida amalga oshiriladi;
loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2022-2026 yillar) tashkil etadi.
Belgilanishicha, loyiha doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
markaz tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan meva-sabzavotchilikning ilg‘or texnologiyalari bo‘yicha o‘quv markazi hamda namunaviy xo‘jalik tashkil etish;
o‘quv markazi hamda namunaviy xo‘jalik tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda ishtirok etuvchilar, xususan dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun ilg‘or bog‘dorchilik texnologiyasi bo‘yicha o‘quv va malaka oshirish kurslari tashkil etish;
meva-sabzavotchilikda zamonaviy texnologik asbob-uskunalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitishda ko‘maklashish.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hokimligi zaxirasidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 2261q-konturidagi 4,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati Agroxizmatlar markaziga ajratiladi.
Ajratiladigan yer maydonining 2 gektari qurilish amalga oshirilishi uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan tegishlicha aholi punktlari yerlari hamda sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
00:43 / 31.05.2026
Rossiya O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari olib kirilishiga taqiq o‘rnatmagani ma’lum qilindi
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026