Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning aksariyat hududlarida zilzila sezildi
Zilzila episentri bo‘lgan Surxondaryoning Boysun tumanida yer qimirlashi kuchi 4-5 ballni tashkil etgan.
12 may kuni soat 15:27 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila kuch Surxondaryo viloyatida 4-5 ball, Qashqadaryoda 4 ball, Samarqand viloyatida 3-4 balni tashkil etgan.
Zilzila episentri – Surxondaryo viloyati Boysun tumani.
Zilzila koordinatalari: 38,03 gradus shimoliy kenglik; 66,89 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 411 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4-5 ball, 96 km.
- Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 132 km.
- Samarqand viloyatida 3-4 ball, 180 km.
- Jizzax viloyatida 3 ball, 246 km.
- Navoiy viloyatida 3 ball, 265 km.
- Buxoro viloyatida 3 ball, 288 km.
- Sirdaryo viloyatida 3 ball, 318 km.
- Toshkent viloyatida 2-3 ball, 396 km.
- Toshkent shahrida 2-3 ball, 410 km.
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 496 km.
Mavzuga oid
11:00 / 15.05.2026
Shveytsariyadan qolishmaydigan maskan - endi Surxondaryoda!
10:21 / 13.05.2026
Surxondaryoda Qizil kitobdagi qushni ovlab, iste’mol qilganlar aniqlandi
09:10 / 12.05.2026
Vaxshivor tog‘larida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi
11:04 / 30.04.2026