Özbekiston mahallalari uyuşmasi Surxondaryo viloyati boşqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Bugun, 6 iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov va Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisining birinçi örinbosari Jovdatxon Inagamov iştirokida yiğiliş ötkazilgan. Unda Erkin Jörayeviç Alimov uyuşmaning Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangani e’lon qilingan. 

Erkin Alimov tayinlovga qadar xususiy sektorda faoliyat yuritib kelgani qayd etilgan.

Ma’lumot uçun, Erkin Alimov 2018 yil iyulidan 2022 yil sentabrga qadar Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi lavozimida işlagan.

2022 yil noyabrida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgandi.

Sobiq hokim Jinoyat kodeksining 167 (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan ayblangandi.

Dastlabki tergov harakatlari davomida sobiq hokim Muzrabot tumanidagi umumiy qiymati 1,7 mlrd söm bölgan 4,2 gektar yer maydonini auksion savdolarisiz özining yaqin qarindoşlariga rasmiylaştirib bergani ma’lum bölgan.

Şuningdek, tumandagi banklar Erkin Alimovning yaqin qarindoşlari nomiga 166 mlrd söm miqdorida imtiyozli kredit ajratgan bölib, ularning katta qismi muammoli kreditga aylangan.

«Hozir bank muassasalari tomonidan öz vaqtida tölovlari amalga oşirilmagan 121 mlrd 406 mln. sömlik kredit mablağlarini undiriş yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda», – deyilgandi xabarda.

Bundan taşqari, «Surxondaryodonmahsulotlari» AJda olib borilayotgan taftiş davomida sobiq hokim iştirokida qiymati 35 mlrd sömlik 9,6 ming tonna don talon-toroj qilingani aniqlangan.

Uşbu jinoyat işi yakuni böyiça rasmiy ma’lumotlar berilmagan.