Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Bolalari bor har bir oilaga 650 ming so‘mdan pul ajratilishi" haqida xabar tarqatayotgan soxta saytlarga kirmaslik so‘raldi
Qayd etilishicha, ushbu feyk havola orqali o‘tgan fuqarolardan shaxsga doir hamda plastik karta to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritish so‘raladi.
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida O‘zbekiston prezidentining soxta veb-sayt havolasi (www.prezdent.uz-scc.site, www.uz-prezident.oplata-uzcard.com) bilan birga "bolalari bor har bir oilaga 650 000 so‘mdan budjetdan pul ajratilishi" haqidagi xabarlar tarqatilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar uchun rasmiy manba hisoblanuvchi AntiFake.uz kanali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu feyk havola orqali o‘tgan fuqarolardan shaxsga doir hamda plastik karta to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritish so‘raladi.
“Yana bir bor fuqarolardan bu kabi soxta saytlarga kirmaslikni so‘rab, virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Kanal aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
08:45 / 24.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun shartli ozodlikka chiqish tartibi o‘zgardi
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
10:01 / 19.06.2026