Tanzila Norboyeva: O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan
Turkmaniston poytaxtida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasining birinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi ham ishtirok etyapti. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Forumning ochilish marosimida Senat raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqib, hozirgi zamondagi tahdidlar va og‘ir sharoitlarga qaramay ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning yangi yo‘llarini topishga muvaffaq bo‘linayotgani haqida qayd etib o‘tdi.
"Bugungi kunda O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari va Rossiya bilan o‘zaro hamkorligi strategik sheriklik, qator mamlakatlar bilan esa ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini, davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi buning uchun, shubhasiz, asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlamoqchiman”, dedi Senat Raisi.
Senat raisi tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishda parlamentlarning ko‘magi muhimligi ta’kidlandi. Yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida o‘zaro savdodagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan, iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishga ko‘maklashadigan zarur huquqiy bazani yaratish taklif etildi.
Shuningdek, gumanitar aloqalarni, yoshlar aloqalarini mustahkamlash, turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, pandemiyadan keyingi barqaror tiklanish bo‘yicha amaliy hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonning qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish amaliyotini davom ettirishdan, shuningdek, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdorligi yana bir bor tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun: forum doirasida o‘zgarib borayotgan dunyoning masala va muammolarini hal etishda milliy parlamentlarning o‘rni, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar holati hamda ularni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, yangi normativ-huquqiy mexanizmlar muhokama etilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
22:55 / 16.11.2024
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda ishtirokini davom ettiradi - Tanzila Norboyeva
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
16:23 / 28.10.2024