Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi raisi örinbosari Toşpölat Matkarimov musiqaçi, bloger Nikita Makarenko ustidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga şikoyat qildi. Bu haqda bloger özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Makarenkoning yozişiça, u Özbekistonning madaniy merosi, xususan, mozaikalarni faol himoya qilarkan, şahar deputatlarini bu boradagi harakatsizligi uçun tanqid qilgan, deputatlar bu tanqiddan ranjigan.
“Hurmatli deputatlar! Men sizning bolalarça tahdidlaringizdan keyin ham madaniy merosni himoya qilişdan töxtamaslikka butun jamoatçilik oldida qasam içaman. Madaniy meros – muqaddas narsa. Siz ketasiz, ular esa qoladi.
Albatta, bu absurd. Biz nafaqat merosimizni himoya qilişimiz kerak, balki uning himoyaçilari ham aslida merosni himoya qilişi kerak bölgan hokimiyatdan sudda özlarini himoya qilişga majbur. Lekin, buning örniga ular ehtimoliy jinoyatlarni yaşiriş uçun himoyaçilarni zararsizlantirişga harakat qilmoqda”, – deb yozgan Nikita Makarenko.
Şuningdek, u jamoatçilikni madaniy meros himoyaçilari va Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi örtasidagi sud kutayotganini ta’kidlagan.

Bir neça hafta oldin Çilonzor tumanidagi bir neçta köp qavatli uylar fasadidagi mozaikalarni böyaş boşlanganida, jamoatçilik e’tiroziga javoban şahar hokimligi bu işlar şahar kengaşining qarori asosida bölayotganini ma’lum qilgandi



















