Toşkent şahri böyiça 2025 yil 5 noyabr kuni çiqindi xizmati qarzdorligi 2 mlrd 239 mln sömga yaqin ekani sababli, jami 25 121 abonent «HET» AJning 2100 qisqa raqamidan SMS orqali ogohlantirildi. Ogohlantiriş berilganidan keyin 5 kalendar kun içida qarzini tölamagan 6 ming abonentning elektrga tölov qiliş imkoniyati (onlayn/kassa orqali) bugundan vaqtinça çeklandi. Çeklov qarz bartaraf etilgan zahoti darhol olib taşlanadi.

Hozirgi paytda poytaxt kesimida çiqindi xizmatlaridan 582 mln sömdan ortiq debitor qarzdorlik saqlanmoqda.

Çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlarida tölov intizomini kuçaytiriş uçun yangi mexanizm joriy etilgan. Har oyning 3-sanasigaça qarzdorlar röyxati Toza makon'dan «HET» billingiga uzatiladi.

2025 yil 30 iyungaça yuzaga kelgan qarzdorlikka çeklov tatbiq etilmaydi. 2025 yil 1 iyuldan keyin şakllangan qarzdorliklar böyiça tartib 5 noyabrdan amalga qöllanmoqda.

Mexanizm dekabr oyidan boşlab respublika böylab qolgan hududlarda ham joriy etiladi.