Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishida «Tulpor Talgo» poyezdi qatnovi qayta tiklandi
2022 yil 16 maydan boshlab, “Olmaota-2 – Toshkent – Olmaota-2” yo‘nalishida 1/2-sonli “Tulpor-Talgo” poyezdining qatnovi qayta tiklandi.
O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor O‘zbekistonga qarab yo‘l olgan ushbu poyezd kecha soat 11:05 da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzaliga kirib keldi.
Tarkibi 24 ta yo‘lovchi vagondan iborat bo‘lgan poyezd bir tomonga harakatlanganda 425 nafar yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazib qo‘yish imkoniyatga ega.
Harakat jadvaliga ko‘ra ushbu poyezd haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari “Olmaota-2 temiryo‘l vokzalidan soat 18:32 da, shuningdek, haftaning seshanba, payshanba hamda yakshanba kunlari soat 12:39 da – Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Bundan avval O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 16.07.2026
Jazirama sabab poyezdlar tezligiga cheklov qo‘yiladi
10:40 / 14.07.2026
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
11:55 / 04.06.2026