O‘zbekiston | 16:58 / 19.05.2022
4869
3 daqiqa o‘qiladi

Noks Temz: Din va e’tiqod erkinligini himoya qilishda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhim

"Dinni erkin amalga oshirishni himoya qilish bevosita siyosiy erkinlik, iqtisodiy rivojlanish va qonun ustuvorligiga yordam beradi. Aks holda mojaro, beqarorlik, terrorizm kuchayadi" deb ta’kidlaydi AQSh Davlat departamenti sobiq katta maslahatchisi. 

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Buxoro shahrida davom etayotgan «Deklaratsiyalar muloqoti» forumida ma’ruza qilgan AQSh Davlat departamenti sobiq katta maslahatchisi Noks Temz anjuman misolida mamlakatimizning din yoki e’tiqod erkinligi sohasidagi faol siyosatini alohida e’tirof etdi:

- Men Potomak deklaratsiyasini ishlab chiqish va imzolashda shaxsan qatnashganman. Umuman, din yoki e’tiqod erkinligini himoya qilishda global hamjamiyatning umumiy mas’uliyati yuqori, deb o‘ylayman. Qolaversa, diniy erkinlik xalqlar va davlatlar o‘rtasida tinchlik, barqarorlikka erishish uchun ham zarur.

Jamiyat farovonligi hamda davlatlarning o‘zaro munosabati rivojida vijdon erkinligi ta’minlanishi, himoyalanganligi holati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda davlat yoki tashkilotlar alohida emas, balki barcha millat va dunyo davlatlari birdek mas’uliyat sezishlari, jamiyat hayotining barqarorligi yo‘lida har bir davlat vijdon erkinligini himoya qilishi kerak. 

Ma’lumotlarga qaraganda, dunyoda har 4 kishining 3 nafari diniy to‘siqqa uchraydi. Muayyan mamlakatda diniy erkinlik qay darajada ta’minlansa, din ham shunday rivoj topadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan keng islohotlarni alohida e’tirof etish joiz.

Dinni erkin amalga oshirishni himoya qilish bevosita siyosiy erkinlik, iqtisodiy rivojlanish va qonun ustuvorligiga yordam beradi. Aks holda mojaro, beqarorlik, terrorizm kuchayadi. Shunday ekan, ayni yo‘nalishdagi ishlarni maktab, kollej va oliy ta’lim tizimida keng yo‘lga qo‘yish samara berishini unutmaslik lozim. Eng muhimi, sa’y-harakatlarni birlashtirish jamiyatning barqaror rivojini ta’minlaydi.

«Dinni erkin amalga oshirishni himoya qilish bevosita siyosiy erkinlik, iqtisodiy rivojlanish va qonun ustuvorligiga yordam beradi. U bo‘lmagan joyda biz mojaro, beqarorlik va terrorizmni topamiz. Shunday ekan, bu boradagi harakatlarni ta’lim dasturlarida, jumladan maktab, kollej va oliy ta’limda ham keng o‘qitish samarali natija berashi shubhasiz. Harakatlarni birlashtirish jamiyatimizning barqaror rivojini ta’minlaydi», deya ta’kidladi mutaxassis.

Mavzuga oid