«Prava»ni almashtirish muddati uzaytirilishi DXMga haydovchilar oqimini 10 barobardan ko‘proq kamaytirdi - Adliya vazirligi
Joriy yilning 12 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining eski haydovchilik guvohnomalari va transport vositalari ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni almashtirish muddatini 2023 yil aprel-dekabr oylarigacha uzaytirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, dastlab haydovchilik guvohnomalari va transport vositalari ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni almashtirishni 2020 yil 31 dekabrgacha yakunlash rejalashtirilgan edi. Jumladan, 2020 yilning bahorida muddat bir yilga, 2021 yilning noyabrida esa 2022 yilning oxirigacha uzaytirildi.
Davlat xizmatlari markazlari faoliyati monitoring qilinganda, haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bo‘yicha murojaatlar soni uzaytirishdan so‘ng sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatdi.
Misol uchun, guvohnomalarni almashtirish muddati mart oyigacha belgilanganida Chilonzor tumani davlat xizmatlari markaziga kuniga 500-700 nafar fuqaro murojaat qilgan.
Biroq, guvohnomalarni almashtirish muddati uzaytirilishi haydovchilar oqimining 10 barobardan ko‘proq kamayishiga olib keldi. Bu, ayniqsa, Andijon tumani Davlat xizmatlari markazi misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar fevral oyida 2577 nafar fuqaro, mart oyida esa 2723 nafar fuqaro markazga murojaat qilgan bo‘lsa, aprel oyida ularning soni 1103 nafarni, may oyining birinchi yarmida esa 100 nafarni tashkil etgan.
Bugungi kunda, haydovchilik guvohnomalarini almashtirish jami 74 ta punktda, shundan, 25 tasi Davlat xizmatlari markazlarida, 49 tasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilning apreliga qadar har kuni o‘rtacha 120-150 kishi xizmatga murojaat qilgan taqdirda, qolgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirishni navbatlarsiz yakunlash mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolaydi
O‘zbekiston | 14:44
-
Bayden Trampning bir qator taniqli raqiblarini afv etdi
Jahon | 14:30
-
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20
Mavzuga oid
07:10 / 13.12.2024
Ikki hududda fuqarolarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
17:28 / 27.11.2024
Uch hududda “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
13:30 / 22.10.2024
Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
16:00 / 07.09.2024