Namangan viloyati Töraqörğon tumanida yaşovçi 75 yoşli Zohida Karimova nazariy va amaliy imtihonlarni birinçi urinişda muvaffaqiyatli topşirdi va şu yoşida haydovçilik guvohnomasiga ega böldi.
“Endi menda ham “prava” bor. Yaqinda yangi maşina sotib olmoqçiman”, – deydi onaxon xursandçiligini yaşira olmay.
Zohida Karimova haydovçilik guvohnomasini olişga qaçon qaror qilgani haqida aytib berdi:
“Ötgan yili iş bilan Toşkentga bordim. Taksiga çiqay deb qölimni kötarsam menga öxşagan yoşi uluğ ayol kelib töxtadi. Haydovçi ayol 86 yoşda ekan. Uning şu yoşda ham heç bir qiyinçiliklarsiz maşina boşqarganini körib havasim keldi. Men ham “prava” olaman deb niyat qildim özimça. Mana, niyatimga yetib turibman. Töraqörğon tumani Vatanparvar taşkilotida öqib bir urinişda “prava”li ham böldim.

Mana “prava”ni oldik. Reja “minimum” bajarildi, endi orzuning “maksimum”ini bajaramiz. Bu nima degani? Xudo xohlasa, yangi maşina olişni niyat qilib qöydim, umid qilyapman. Har doim Allohim niyatlarimga yetkazgan, albatta bunga ham yetaman deb niyat qilaman, Allohdan sörayman.
Harakat qilsangiz, astoydil intilsangiz odam qilgan iş ekan, bölaverar ekan. Mana bir martada ham amaliy, ham nazariy imtihondan muvaffaqiyatli ötdim. Hamma hayron qolib, qoyil onaxon deyişyapti. Inson tirik ekan yaşaş kerak, bor imkoniyatlardan foydalaniş kerak.

Bir urinişdayoq imtihondan ötganimni körgan “prava” ololmay yurgan bolalar hayron bölişyapti. “Endi biz ham astoydil harakat qilamiz, siz olganda, biz ham “prava”olamiz” deb harakatga tuşib qolişdi.

1969 yilda maktabni bitirib Namangan Davlat Universitetining Matematika fakultetiga öqişga kirganman. 38 yil maorif sohasida işladim. Turmuş örtoğim vafot etib ketganlar, ikki nafar farzandim bor. Agar turmuş örtoğim bölganlarida edi yonimdagi örindiqqa ötqazib olib şahar aylantirib yurgan bölar edim”, – deydi 75 yoşida haydovçilik guvohnomasi olgan Zohida Karimova.







