Jahon banki Özbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi yölidagi asosiy muammolar va imkoniyatlar tahlil qilingan yangi tadqiqotini e’lon qildi. Unda xususiy sektor ösişi yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş, davlatning iqtisodiyotdagi iştirokini çeklaş, inson kapitalini rivojlantiriş va mamlakatning yaşil iqtisodiyotga ötişi böyiça tavsiyalar mavjud.

«Rasmiylar ulkan maqsadlarni közlab, islohotlarning keyingi bosqiçiga hozirlik körmoqda. Xususan, 2026 yilgaça aholi örtasida kambağallikni ikki baravar kamaytiriş, şuningdek, 2030 yilga borib daromad darajasi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatoriga qöşiliş közda tutilgan. Bunga erişiş uçun YaIMning ösiş sur’atlari hozirgi darajadan ança yuqori bölişi talab qilinadi. Uşbu maqsadlarga iş örinlarini yanada köproq yaratiş hamda fuqarolarning, jumladan, yoşlar, ayollar va nogironligi bor şaxslarning iqtisodiy jarayonlarda iştirok etiş imkoniyatlarini oşiriş orqali erişiş mumkin», deyiladi hisobotda.

Özbekistonga yuqoridagi maqsadlarga erişiş uçun quyidagi törtta yönalişda rivojlaniş yordam berişi mumkin:

1) xususiy sektor ösişini rağbatlantiriş va barqaror iş örinlarini yaratiş;

2) davlatning iqtisodiyotdagi rolini isloh qiliş;

3) fuqarolar manfaatlariga va inson kapitalini rivojlantirişga xizmat qiladigan dasturlarga investitsiya qiliş;

4) ekologik barqaror kelajakni barpo etiş.

Şuningdek, hisobotda rasmiylar uçun tavsiyalar berilgan va yuqorida keltirilgan yönalişlarda quyidagi ustuvor islohotlarga e’tibor qaratiş zarurligi qayd etilgan:

Mamlakatda xususiy sektor ösişini rağbatlantiriş uçun:

  • yer, mehnat va moliyaviy resurslarni taqsimlaş mexanizmlarini takomillaştiriş;
  • xususiy sektorda raqobatni rivojlantirişga yönaltirilgan normativ-huquqiy bazani isloh qiliş;
  • xususiy sektorning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaşişiga kömaklaşuvçi taşqi savdo va investitsiya siyosatini olib boriş;
  • xususiy sektor korxonalarini qöllab-quvvatlaş böyiça samarali xizmatlarni rivojlantiriş;
  • qişloq xöjaligi bozorlaridagi islohotlarni jadallaştiriş, bu esa davlatning ularning faoliyatiga aralaşişiga çek qöyadi.